15:39 / 01.02.2016
4973

Ulug‘bek Qodirov: Romeo edim, Hamlet bo‘lmoqchiman

Aktyor Ulug‘bek Qodirov Sputnik agentligiga bergan intervyusida sahnada Hamlet obrazini gavdalantirishni istashini tan oldi.

“Hozir men Hamletni o‘ynab ulgurishni istardim, - dedi u. – Mening uchun daniyalik shahzoda tarixi uning dramasi nuqtai nazaridan juda qiziq. Buni his qilishni, uning rolini o‘ynashni istayman. Bilasizmi, Mannon Uyg‘ur nomli O‘zbekiston davlat san'at institutiga kirishimda Romeo rolini ijro qilganman. Ammo mening ijroimdagi Romeo basli ohangda gapirardi. Mening ko‘rinishim hakamlarni sarosimaga solib qo‘ygan bo‘lsa ajabmas. Chiniqqan, jangovar ko‘rinishdagi bola Romoye qiyofasida. Monolog tanlashda yordam bergan Gavhar ismli qizga minnatdorchilik bildiraman. Bu imtihon payti menga faqat u e'tibor bergandi”.

“Hozir men jismonan va ruhan Hamletga tayyorman, - so‘zida davom etdi Qodirov. – Ortimda kattakon tajriba bor ekan, teatr sahnasida iz qoldirmaslikni katta minus deb hisoblayman. Men u yerga qaytishni orzu qilaman”.

Top