11:00 / 01.02.2016
2091

"Vest Hem" Emenikening transferi haqida e'lon qildi

"Vest Hem" jamoasi "Fenerbaxche" klubi hujumchi Emmanuel Emenikeni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy saytida e'lon qilingan.

Ma'lum qilinishicha, nigeriyalik futbolchi mavsum yanuniga qadar "bolg‘achilar" safida ijara asosida to‘p suradi. Kelishuvning moliyaviy shartlari ma'lum qilinmagan.

28 yoshli futbolchi so‘nggi olti oy davomida BAAning "Al Ayn" sharafini himoya qilgan va 11 o‘yinda yettita gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Top