17:57 / 01.02.2016
5880

Xitoylik rassom Turkiya qirg‘oqlarida halok bo‘lgan suriyalik bola obrazida suratga tushdi

Xitoylik rassom va faol Ay Veyvey Turkiya qirg‘oqlarida halok bo‘lgan suriyalik bola – Aylon Kurdi obrazida suratga tushdi, deya xabar berdi The Guardian. Nashrning qayd etishicha, Kurdining surati 2015 yilda suriyalik qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatning ramziga aylandi.

Suratning asli Turkiyaning Bodrum shahri yaqinidagi sohilda olingan bo‘lsa, uning nusxasi Veyvey qochqinlar bilan bog‘liq inqiroziga bag‘ishlangan bir qator loyihalar ustida ishlash uchun kelgan Gretsiyaning Lesbos orolida yaratildi.

Xitoylik rassomning suratini Roxit Chola tasvirga oldi. Mazkur fotosurat India Today sahifasida chop etilishi va India Art Fair ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Top