09:58 / 02.02.2016
3501

“Odnoklassniki” o‘zining xususiy pul o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekistonda millionlab foydalanuvchilarga ega “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i abonentlar o‘rtasida 8 ming rublgacha miqdordagi pul o‘tkazishlarni qo‘llaydigan yangi xizmatni ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqdagi xabarlarni ijtimoiy tarmoq hamkori hisoblangan VTB 24 banki ham tasdiqladi.

Dastlabki uch oyda pul o‘tkazishlar uchun komissiya to‘lovi olinmaydi. Shundan so‘ng “Odnoklassniki” orqali o‘tkazilgan 500 rublgacha pullardan 30 rubl, 501dan 8 ming rublgacha mablag‘dan esa 60 rubl olib qolinadi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, bank kartalari bo‘yicha operatsiyaning yillik o‘sish darajasi 30 foizni tashkil etadi. Shu vaqtgacha foydalanuvchilar bank kartasidagi rubllardan ijtimoiy tarmoqning ichki valyutasi – OKlarni sotib olar edi.

Top