12:10 / 02.02.2016
28850

“O‘zbeknavo” ikki xonandaning litsenziyasini bekor qildi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan Esmeralda Raxmatova (Tamila), Asqarjon Malikov (Zamir)ga berilgan litsenziyani bekor qildi. Bu haqda "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Lisenziatlar Esmeralda Raxmatova (Tamila), Asqarjon Malikov (Zamir) tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 1 fevraldan tugatilganligi... ni bildiramiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Tamilaning behayo videosi tarqalib ketgan edi. Lisenziyaning bekor qilinganiga ayni shu masala sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Top