01:34 / 02.02.2016
10976

7 nafar o‘zbekistonlikka aktyor Yevgeniy Leonovning haykalini o‘g‘irlaganlik ayblovi e'lon qilindi

Rossiya tergov idoralari sudga marhum aktyor Yevgeniy Leonovning "Omadli jyentlmenlar" filmidagi Dosent qiyofasidagi haykalining o‘g‘irlanishi bo‘yicha ishni yubordi, deb xabar berilmoqda Moskva prokuraturasi saytida.

Moskva prokuraturasi ushbu jinoyatni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan, O‘zbekistonning 21 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar fuqarosi: Abduxalim Rafiyev, Bexzod To‘rayev, Fazliddin Shermatov, Usmonjon Umarov, Sardor Rafiqaliyev, Asqarbek Abduxalilov va Bekzod To‘ychiboyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha ayblov xulosasini tasdiqladi.

Ularga uyushgan guruh bo‘lib o‘g‘irlik qilish aybi e'lon qilindi.

Avvalroq jinoyatchilar o‘g‘irlangan haykal uchun rangli metallarni qabul qilish punktida 40 ming rubl olganlari ma'lum qilingandi.

Top