"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning chexiyalik yarim himoyachisi Tomash Rositskining navbatdagi jarohatga yo‘liqishiga munosabatini bildirdi.
"Bu holatga hech kim tushunmadi. Tanaffusdan keyin unga mashqlar bajarishga kirishishni ko‘rsatma berdim. U 20 daqiqa davomida jon dili bilan shug‘ullandi. U barcha mashqlarni tez bajarayotgandi. Keyin uni maydonga tushirdim, u esa 3 daqiqa o‘tiboq jarohat olgan.
Men unga yuzlandim va "Tomash, sen o‘zingga o‘xshamayapsan", dedim. Chunki, u oyog‘ida yaxshi harakatlana olmayotgandi va bir necha marta to‘pni yo‘qotdi.
Menda uning bir vaqtlardagi o‘yinidan yorqin taassurotlar qolgan. U o‘yindan keyin menga maydonga tushganidan bir necha daqiqa o‘tib, jarohat olgani haqida aytdi.
U maydonga tushishdan oldin 20 daqiqa shug‘ullangandi. Ko‘rinib turibdiki, uning holi xarob. Bunga ishonib bo‘lmaydi. U yaxshi futbolchi edi, ammo uni jarohatlar ado qildi. U hozirda 35 yoshda va unga qiyin damlar keldi.
Umid qilamanki, bu holat uzoq davom etmaydi", deydi Venger.
Rositski mavsumning birinchi davrasida ham jarohat tufayli 1 oyga safdan chiqqandi.
U 30 yanvar kuni jamoaning Angliya ligasi kubogi doirasida "Byornli"ga qarshi o‘tkazgan bahsining 70-daqiqasida maydonga tushirilgandi.