19:46 / 02.02.2016
3052

Daallo Airlines samolyoti bortida portlash sodir bo‘lgani uchun Somaliga favqulodda qo‘ndirildi

Daallo Airlines avikompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Somali poytaxti Mogadishoga bortida portlash sodir bo‘lgani uchun favqulodda qo‘ndirildi. Bu haqda Horseed Media xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, samolyot havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqalar o‘tishi bilan yana qo‘ngan.

Hodisa natijasida uch yo‘lovchi jarohat olgan. Portlash esa samolyot tashqi qoplamasida teshik paydo qildi.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Ma'lumot uchun, Daallo Airlines aviakompaniyasi BAAda 1991 yilda tashkil etilgan.

Top