10:16 / 02.02.2016
2688

Janubiy Koreyaning TMON kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlik qiladi

Janubiy Koreyaning Ticket Monster (TMON) kompaniyasi delegatsiyasi 2016 yilning 29 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan TMON`ning texnik mutaxassislari yetakchisi Li Seong Baye, xodimlar masalasi bo‘yicha kompaniya menejyeri Park Syun Xyun va IT-departamenti rahbari Li Chang Yeng o‘rin oldi.

Uchrashuv chog‘ida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sherzod Shermatov mehmonlarni oliy ta'lim muassasasi faoliyati, kelgusidagi rejalar va o‘qitish jarayoni bilan tanishtirdi. TMON vakillari Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlik qilish istagida ekanliklarini qayd etib o‘tib, IT bozori uchun kadrlash tayyorlash doirasida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirishdi.
Mehmonlar TMON kompaniyasi yuqori malakali mutaxassislarni real autsorsing loyihalarga jalb etgan holda tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini qayd etishdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar universitet hamda TMON kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik olib borish zaruriyati to‘g‘risida kelishib olishdi.

Top