07:34 / 02.02.2016
2671

Kobuldagi terakt qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Afg‘oniston hukumati 1 fevral kuni mamlakat poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan terakt qurbonlari sonining aniq miqdorini ma'lum qildi. Khaama axborot agentligi Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Siddiq Siddiqiyga asoslanib tarqatgan xabarga ko‘ra, bu terakt 20 kishini hayotdan olib ketgan.

Shuningdek, 29 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Bu terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" o‘z zimmasiga oldi.

Dastlabki xabarlarda Kobuldagi De Mazan maydonida xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida 10 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Top