15:30 / 02.02.2016
7385

Mudofaa vazirligida "Baron" filmi ijodkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

31 yanvar kuni Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazida “Baron” badiiy filmining ijodkorlari bilan uchrashuv hamda film taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining matbuot xizmati xabar bergan.

Unda film rejissyori Rustam Sa'diyev, filmda ichki ishlar xodimi obrazini yaratgan taniqli aktyor Javohir Zokirov, boks bo‘yicha chempion Botir ismli yigitning rolini ijro etgan aktyor Ulug‘bek Qodirov kabi kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

Qayd etilishicha, filmdan so‘ng so‘zga chiqqan harbiylar hozirgi kunda butun dunyoga xavf solib turgan narkobiznes va unga qarshi kurashning hayotiy misollar bilan ochib berilganini hamda dolzarb masalaning xavf-xatari kino san'ati orqali keng yoritilganligini ta'kidlab o‘tishgan.

Film ijodkorlari bilan uchrashuvlar davom etadi.

Top