12:32 / 02.02.2016
2425

"MYu" 2005 yildan beri ilk marta qishki transferlar vaqtida yangi futbolchi xarid qilmadi

"Manchester Yunayted" jamoasi joriy yilgi qishki transferlarda ishtirok etmadi. 2 fevral kuniga o‘tar kechasi transferlar darichasi yopilgunicha "qizil iblislar" yangi futbolchi xarid qilmadi va bu 2005 yilning qishidan buyon ilk marta sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda jamoa 23 tur o‘yinlaridan keyin APL turnir jadvalining beshinchi pog‘onasidan joy olgan.

Qayd etish kerakki, jamoa yozgi transferlar vaqtida APLning eng ko‘p xarajat qilgan jamoalari orasida ikkinchi bo‘lgandi.

Top