20:56 / 02.02.2016
7033

Nepallik yigit og‘ziga 138ta qalam sig‘dirdi

Nepalda yashovchi 19 yoshli Raja Tapa o‘z og‘ziga 138ta qalamni sig‘dira oldi va bu boradagi rekordni yangiladi.

Undan oldingi rekordchi hindistonlik Dinesh Shivnaf Upadxayi bo‘lgandi. U 92ta qalamni og‘ziga sig‘dira olgan.

Uning muvaffaqiyatli yakunlangan harakati tasvirlangan videoda u 32ta yonib turgan shamni ham og‘ziga solayotganini ko‘rish mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, bu yigit qorovul bo‘lib ishlaydi va o‘zining shu tarzdagi tomoshalarini tez-tez amalga oshirib turadi.

Top