16:54 / 02.02.2016
4851

Neymar: Otam va menga tuhmat qilishmoqda

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Neymar o‘zining «Santos»dan ispan klubiga o‘tishida yuzaga kelgan muammolar sabab sudga chaqirilishi borasida fikr bildira turib, bu savdo paytida hech qanday qing‘irlik bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi.

«Men futboldan zavq olib o‘ynashni istayman. Otam ham futboldan chalg‘imasligim uchun qo‘lidan kelgan barcha yordamini ayamaydi.

U moliyaviy masalalarni o‘zi boshqaradi. O‘zing yaxshi ko‘rgan odamni jabr chekishga majbur bo‘layotganini ko‘rish og‘ir.

Birinchidan bizga tuhmat qilishmoqda. Ikkinchidan bizni biror jinoyatda ayblash uchun buni avval isbotlab berishlari kerak bo‘ladi», – deya ta'kidlagan Neymar.

Top