18:15 / 02.02.2016
4833

Nyu-Olesunn. Dunyoning eng shimoliy posyolkasi

31 yanvar kuni «Nastoyashcheye Vremya» medialoyihasi dunyoda aholi yashaydigan eng shimoliy nuqta hisoblanmish Shpitsbergen arxipelagining Nyu-Olesunn posyolkasidan (shahar tipidagi qishloq) fotoreportaj tayyorladi.

30 kishi (asosan dunyoning turli chekkalaridan kelgan tadqiqotchilar) istiqomat qiladigan bu maskan tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Bu posyolkada yashayotgan tadqiqotchilar iqlim o‘zgarishlarini o‘rganishadi.

Aksar vaqtlarda sovuq harorat saqlanib turadigan bu hududga sayyohlar oqimi ham kam emas.

Qishloqchada alohida muzey tashkil etilgan. Shuningdek, u yerning o‘zini "ochiq osmon ostidagi muzey" deb ham atashadi. Bu hududda 1963 yilgacha ko‘mir qazib olingan va ko‘mir tugab qolgach, tashlab ketilgan hudud muzey ko‘rinishiga kelgan.

Top