21:38 / 02.02.2016
9377

Nyu-Yorkdagi ko‘chalardan birida Al-Pachinoni boshpanasiz daydi deb qabul qilishdi

"Oskar" mukofoti sovrindori, "Cho‘qintirgan ota" filmlaridagi ijrosi orqali dunyoda millionlab muxlis orttirgan Al-Pachino ommani hayron qoldirishda davom etmoqda.

Bu safar 75 yoshli bu aktyor repetitsiya jarayonidan keyin Nyu-York bo‘ylab sayrga chiqdi. U janda va kapyushonli kiyimda, soch-soqoli o‘siq holda bo‘lgani uchun uni deyarli hech kim tanimagan.

"U xuddi daydiga o‘xshardi. Bizning hech birimiz avvaliga uning dunyo darajasidagi yulduz Al-Pachino ekanini payqamadik. U o‘zini juda dahshatli darajada tutar, uyoqdan-buyoqqa chopardi. Uni jinni deb ham o‘ylash mumkin edi", deya yozgan guvohlardan biri blogida.

Top