21:01 / 02.02.2016
2194

Petr Chex "Arsenal"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

“Arsenal” klubi darvozaboni Petr Chex jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada chexiyalik posbon deyarli 50 foiz ovoz to‘plagan.

Yanvar oyida Chex "kanonirlar" safida beshta o‘yinda ishtirok etib, ikkita g‘alaba, ikkita durang va bitta mag‘lubiyatga erishdi. Shulardan ikkitasida Chex o‘z darvozasini daxlsiz saqlay olgan.

Top