18:26 / 02.02.2016
2336

Petrobras’ning xalqaro bo‘limi sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi

Braziliyaning Petrobras davlat neft kompaniyasining xalqaro bo‘limi sobiq boshlig‘i Xorxe Zeladu pul yuvish va korrupsiya bilan ayblanib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qamoq jazosiga hukm etilganlar orasida kompaniyaning boshqa amaldorlari ham bor. Ular Petrobras kompaniyasi pudratchilaridan million dollar pora olganlikda ayblangan.

Zeladaning korrupsiya bilan bog‘liq ishlari 2014 yilda oshkor bo‘lgandi. Shuningdek, kompaniyaning bir qator top-menejyerlari tashkilot nomidan shartnomalar imzolagan va o‘z xizmatlari uchun shartnomada belgilangan summadan 3% foiz miqdorida ulush olib turgan. Shunday yo‘llar bilan yig‘ilgan pullar yordamida siyosatchilar va davlat amaldorlari sotib olingan.

Zelada pul yuvish, davlat tashkiloti mablag‘larini o‘zlashtirish, poraxo‘rlik va soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash singari jinoyatlarda ayblandi. Surishtiruvlar chog‘ida ma'lum bo‘lishicha, tushgan yirik miqdordagi pullar xitoyning ofshor banklariga o‘tkazilgan.

O‘tgan surishtiruv-tergov jarayonlarida 100 nafardan ortiq odam qamoqqa olingan. Ular orasida mashhur siyosatchi va biznesmenlar ham bor.

Bundan tashqari o‘tgan yilning dekabr oyida Braziliya federal hukumati amaldorlar Delsidio de Amarale va BTG Pactual SA moliya kompaniyasi rahbari Andre Estevesga nisbatan Petrobras`ga taalluqli tergov ishiga to‘sqinlik qilish ayblovini e'lon qilgandi.

Top