21:09 / 02.02.2016
4286

Regbichilar “Formula-1” jamoasi bolidini to‘xtatib qola olishdi

“Formula-1”ning Red Bull jamoasi Angliyaning “Bat” jamoasining 8 regbichisini maxsus tajribada ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi sahifasi orqali 2 fevral kuni xabar qilindi.

Sportchilar 750 ot kuchiga ega bolidni to‘xtatib qolishlari lozim edi. Ular oldilariga qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqib, mashinaning 12 m diametrli aylana ichidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yishmadi.

Top