06:45 / 02.02.2016
13189

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yirik narkoguruh bartaraf etildi

Samarqand viloyatining Urgut tumani huquq-tartibot muassasalari xodimlari giyohvand moddalar sotish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslarning qabih ishlariga chek qo‘ydilar. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, bu jinoyatchilar giyohvand moddalarni sotib olish, tarqatish, kontrabanda qilish, saqlashda aybdor deb topilib, Urgut tuman sudi qarori bilan tegishli jazo oldilar.

Ma'lum qilinishicha, aybdor shaxslar tojikistonlik noma'lum shaxslardan giyohvand moddalarni keyinchalik sotish maqsadida sotib olganlari uchun jinoiy javobgarlikka tortildilar. 

Sudlanuvchilarning barchasi Urgut tumanida yashagan, bular: F.Xolov, M.Soxibov, S.Karimov, K.Eshmaxmadov, Z.Raximov, O.Raximov, R.Soxibov, U.Meliqulov.

Xolov 2013 yildayoq "Xoji" laqabli tjikistonlik bilan jinoiy aloqaga kirgan. U 2013 yilda undan 24 kg opiy moddasi sotib olgan. Xolov bu giyohvand moddalarni katta pulga sotgach, tojikistonlikdan yana 10 kg narkotik sotib olgan. Bu safar u o‘zining tanishi M.Soxibovni ham bu jinoyatiga tortgan. Soxibov tojikistonlikdan narkotikni sotib olib, uni Xolovga olib kelgan. Xolov Soxibovga haq sifatida 2 kg opiy bergan, qolgan 8 kgini o‘zi sotgan.    

Ushbu jinoiy harakatlarga qolgan sudlanuvchilar ham jalb etilgan. Ular bu jinoyat bilan uzoq vaqt shug‘ullanib kelishgan.

Sudlanuvchilardan O.Raximov i R.Soxibov Suyun nomli yana bir tojikistonlikdan katta miqdorda giyohvand moddalar sotib olib, uni O‘zbekiston hududida pullashgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, guruh 2015 yilda 50 kg giyohvand modda sotgan.

Jinoiy guruh a'zolarining uylari tintuv qilinganda 20 kg ga yaqin opiy va katta miqdorda naqd pul topilgan.

Giyohvandfurushlar 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazolariga tortildi.

Top