13:21 / 02.02.2016
4891

Tailandda fil ekskursiya vaqtida britaniyalik sayyohni toptab o‘ldirdi

Tailandning Samui orolida ekskursiya vaqtida Buyuk Britaniyadan kelgan sayyoh ekskursiya vaqtida fil oyog‘i ostida qolib halok bo‘ldi. Bu haqda Phuket News xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, bu voqea fil ustida changalzor bo‘ylab sayr vaqtida yuz bergan.

36 yoshli shotlandiyalik va uning 16 yoshli qizi fil ustiga mingancha ketayotgan bo‘lishgan. Fil buyruqlarni bajarmagach, filbon uni ko‘zidan yoshi oqqunicha urgan. Filbon fildan tushgan vaqtda esa fil uning ko‘kragiga zarba bergan va ustidagi sayyohlarni itqitib tashlagan.

Shundan so‘ng, fil ota sayyohni toptab o‘ldirgan. Qayd etilishicha, sayyohning oyog‘i protez bo‘lgani uchun u qochib qutila olmagan. Uning qizi omon qolgan.

Top