17:19 / 02.02.2016
7900

Terri va «Chelsi». 18 yil tarixi

1 fevral kuni Angliya ligasi kubogi doirasida "MK Dons"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin (5:1) "Chelsi"ning uzoq yillik sardori Jon Terri mavsum yakunida jamoadan ketishi haqida e'lon qildi.

Keyinroq jamoa matbuot xizmati bu futbolchi bilan uning qolishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi haqida ma'lum qilgan bo‘lsada, Terri londonliklar safini tark etishi haqiqatga yaqin. Qolaversa, bugun unga Xitoydagi jamoalar yiliga 20 mln yevro maosh tayinlagan holda uni o‘z safiga jalb qilishga tayyorligi haqida ma'lum qilishdi. Shu tariqa, agar vaziyat o‘zgarmaydigan bo‘lsa, ushbu mavsum 35 yoshli futbolchi uchun "Chelsi"dagi so‘nggisi bo‘lib qoladi.

Quyida futbolchining "Chelsi"dagi faoliyatiga nazar tashlab o‘tilgan.

1998 yil. 17 yoshli Terri "Chelsi" o‘rinbosarlari safida o‘ynay boshladi

2000 yil. U jamoaning asosiy tarkibida

2004 yil. "Chelsi"ga Mourino keladi va quradigan yangi jamoasiga Terrini sardor etib tayinlaydi

2005 yil. Terri faoliyatidagi ilk chempionlikdan sarmast

2005 yil. Bu suratdagi yigitlarning uchalasi ham Angliyaning yil o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzod bo‘ladi. Yakunda esa Terri yutib chiqadi

2006 yil. «Reding»ga qarshi o‘yinda Chex boshidan og‘ir jarohat oladi va maydonga ikkinchi darvozabon Karlo Kudichini tushiriladi. Lekin u ham maydondan chiqib ketadi. Shunda darvozaga Jon Terri turadi

2008 yil. Moskva finali. Penaltilar seriyasida Terrining xatosidan keyin "MYu" sovringa ega chiqadi

2010 yil. Terri "Chelsi" safidagi uchinchi chempionlikni nishonlamoqda. O‘sha mavsumda jamoani Anchelotti boshqargandi

2011 yil. "KPR"ga qarshi o‘yinda Terri Anton Ferdinandga nisbatan irqiy kamsitish ma'nosidagi so‘z ishlatadi va shundan so‘ng o‘zining Angliyadagi obro‘sini tushirib yuboradi

2012 yil. YeChL yarim finali. Terri "Barselona"ga qarshi kechgan bu uchrashuvda Sanchesni yiqitgach, qizil kartochka olib, jamoasini og‘ir vaziyatda qoldirib ketdi. Lekin "Chelsi" bu bosqichdan o‘tib, finalga chiqadi

2012 yil. YeChL finali. Terri yarim finaldagi qizil kartochkasi tufayli o‘ynamadi. Biroq, ushbu g‘alabadan hammadan ham ko‘ra aynan u ko‘proq quvondi

2013 yil. "Chelsi"ga Rafael Benites keldi va Terri zaxira o‘rindig‘ida paydo bo‘ldi

2015 yil. Jamoaga yana Joze Mourino qaytdi. Terri esa Angliya chempioni va Angliyadagi eng yaxshi himoyachi bo‘ldi

Ayni paytda jamoada Guus Xiddink bosh murabbiy. Keyingi mavsumda esa ularning ikkisi ham bo‘lmaydi.

Top