11:02 / 02.02.2016
2501

Terriga Xitoyning bir qancha jamoalari 20 mln funtdan iborat yillik maosh taklif qilishmoqda

«Chelsi»ni mavsum yakunida tark etish niyati haqida ma'lum qilgan Jon Terri kelgusi faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. The Telegraph nashrining yozishicha, 35 yoshli futbolchiga Xitoydagi bir nechta jamoa taklif bilan chiqqan.

Terri «Chelsi»dan Angliyaning boshqa jamoasiga o‘tmasligini, faoliyatini MLS jamoalaridan birida davom ettirishi mumkinligini aytgandi.

Xitoyliklar esa unga katta miqdorda, yiliga 20 mln funtlik maosh taklif qilayotgani esa uning qarorida muhim o‘rin tutishi mumkinligi aytilmoqda.

Bundan oldinroq, u Meksikadagi «Amerika» jamoasi taklifini rad etgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» matbuot xizmati Terriga eshiklar yopilgani yo‘qligi, uning qolishi borasidagi muzokaralar olib borilishi haqida xabar qilgandi.

Ma'lumot uchun, qishki transferlar vaqtida «Chelsi»ning boshqa bir futbolchisi Ramires Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasiga o‘tgandi. Unga yiliga 10 mln funt maosh belgilangan.

Jon Terri mavsum tugagach "Chelsi"ni tark etishini e'lon qildi

«Chelsi» matbuot xizmati: Terriga eshiklar yopilgani yo‘q, u qolishi ham mumkin

Top