10:46 / 02.02.2016
6888

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabalari boquvchisini yo‘qotgan oilalarga xayriya yordamlari ko‘rsatish tadbirlarini o‘tkazishmoqda

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabalari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan va kam ta'minlangan keksalar holidan xabar olish maqsadida xayriya tashrifini uyushtirdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Lashkarbegi MFYda istiqomat qilayotgan urush va mehnat faxriylari talabalarning tashriflaridan minnatdor bo‘lishdi. “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti talabalari tomonidan boshlab berilgan xayriya tashrifi ommalashib, boshqa fakultet talabalarining tashriflariga ulandi.

“Keksalarning holidan xabar olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish biz yoshlarning burchimizdir”, deydi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti faoli Akmal Berdimurodov.

Top