17:16 / 02.02.2016
4247

Ukrainaning “Ipak yo‘li” bo‘ylab yurgan birinchi yuk poyezdi manziliga yetib keldi

Ukraina tomonidan 15 yanvar kuni Rossiyani aylanib o‘tadigan “Ipak yo‘li” orqali yuk tashish maqsadida yuborilgan tajriba konteyner poyezdi eson-omon manziliga yetib bordi, deb xabar qiladi “112 Ukraina”.

“Konteynerlar olib chiqildi, birinchi tajribaviy bosqich anchayin muvaffaqiyatli o‘tdi deyish mumkin”, - dedi Ukraina infrastruktura vazirligi matbuot xizmati xodimi. Ilgari xabar qilinganidek, 24 yanvar kuni poyezd Qozog‘istonda ikki kunga ushlab qolindi. Hujjat muammolari hal qilinganidan so‘ng poyezd Jyezqazg‘an-Saksovul-Beynov temir yo‘l liniyasi orqali Do‘stiq stansiyaga yo‘l oldi.

Top