14:28 / 02.02.2016
5261

UMS tarmoq qamrovi sifatini yaxshilamoqda

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori uyali aloqa infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan manzilli reja asosida baza stansiyalarini barpo etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Abonentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kompaniya qishloq joylarida tarmoq qamrovini kengaytirishga, shuningdek tarmoqqa o‘ta yuqori og‘irlik tushadigan aholi zich yashaydigan hududlarda tarmoq sig‘imini kengaytirishga intilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yangi baza stansiyalari o‘rnatildi. Buning natijasida, Ko‘kterak va Tulabi qishloqlari hamda atrofdagi boshqa hududlarning aholisi “uchinchi avlod” tarmoqlarida ovozli aloqadan hamda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Buxoro va Farg‘ona shaharlari, shuningdek Toshkent shahrining Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod tumanlari hududlari va atroflarida yangi baza stansiyalarini o‘rnatish hisobiga tarmoq sig‘imi yanada kengaytirildi.

"Bu chora-tadbirlarning asosiy foydasi – iloji boricha ko‘proq abonentlarga barqaror yuqori tezlikda bo‘lgan ma'lumotlar uzatish xizmatini taqdim etishdir. Tarmog‘imizda mobil internetga ulangan moslamalar soni keskin ortib borayotganini ko‘rib turibmiz. Bunday sharoitda infratuzilmani doimiy tarzda rivojlantirish talab etiladi; tarmoq sig‘imi kengayishi oqibatida ovozli trafik, video ko‘rish yoki internet-syorfing uchun tegishli sifat darajasi ta'minlanadi", deydi UMS bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Yevgeniy Lukyanchuk.

UMS qamrovi doirasi hamda xizmatlari haqidagi batafsil ma'lumotlarni www.ums.uz saytidan olish mumkin.

Top