17:24 / 02.02.2016
2735

Xitoy aviakompaniyalari yo‘lovchilarning qora ro‘yxatini tuzmoqda

Xitoyning beshta kompaniyasi hamkorlikda intizomsiz yo‘lovchilarning qora ro‘yxatini tuzib chiqmoqda, deb xabar beradi «Bi-bi-si».

Ma'lumotlarga ko‘ra, Air China, China Eastern, China Southern, Hainan Airlines va Air Spring singari kompaniyalar bezori yo‘lovchilar haqida ma'lumot almashishadi. Shuningdek, bunday mazmundagi axborotlarni fuqarolik aviatsiyasi va boshqa turizm kompaniyalariga jo‘natadi.

«Biz hamkorlikda qonun buzuvchilar ro‘yxatini tuzib chiqdik. Bu qora ro‘yxatga kompaniya xodimlarini do‘pposlagan, samolyot qo‘nishiga halaqit bergan yoki parvoz chog‘ida avariya holatini keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan yo‘lovchilar kiritilgan», — deydi Air Spring aviakompaniyasining marketing masalalari bo‘yicha direktori Chjan Tsyuan.

Avvalroq nemis sayyoxining shunchaki qiziqish sababli samolyotning avariyaviy chiqish eshigini ochib yuborgani haqida xabar qilingandi.

Top