13:52 / 02.02.2016
3744

Yanvar oyi natijalari: Kun.uz sayti bir oyda 26 million marta varaqlandi

Google Analytics ma'lumotlariga ko‘ra 2016 yilning yanvar oyida Kun.uz saytiga 636 ming kishi 7 million marta tashrif buyurdi va 26 million sahifani ko‘zdan kechirdi. Saytda o‘rtacha bo‘lish vaqti esa 5 daqiqayu, 5 soniyani tashkil etdi.

Shuningdek, bir oy davomida 3000dan ziyod yangilik, maqola va intervyular saytga joylandi. Facebook, Twitter, Odnoklassniki, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida bizni o‘qiyotganlar soni 150 ming nafardan oshdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarimizga ko‘plab fikrlar bildirildi va boshqalar bilan bo‘lishildi. 

Nashr o‘quvchilarining 71 foizi O‘zbekistonda istiqomat qiladi. Ularning 46 foizga yaqini ayollar bo‘lsa, 54 foizini erkaklar tashkil etadi. O‘quvchilarimizning ko‘pchilik qismi — 61 foizi 18-34 yoshlilardan iborat. 

Kun.uz sayti doimiy o‘sish qayd etib kelmoqda. Misol uchun, o‘tgan yilning yanvar oyida saytga 267 ming kishi tashrif buyurgan edi. 2016 yilda esa bu ko‘rsatkich 138 foizga ortdi. Shu bilan birga, bir yil ichida tashriflar soni 438 foiz, sahifalarni varoqlash esa 312 foizga o‘sdi.

Buning uchun bizni muntazam o‘qib kelayotgan o‘quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Top