15:10 / 02.02.2016
3334

Yaponiya KXDRdan himoyalanish uchun uchta harbiy bazaga Patriot zenit-raketa komplekslarini joylashtirdi

Yaponiya hukumati Shimoliy Koreya raketalaridan himoyalanish maqsadida eng kamida uchta harbiy bazaga Patriot zenit-raketa komplekslarini joylashtirdi. Bu haqda Mudofaa vaziri Gen Nakataniga tayanib Popular Mechanics xabar bermoqda.

“Tokiodagi Itigaya tumaniga, shuningdek, “Asaka” va “Narasino” bazalariga Patriot`larni joylashtirdik”, - dedi u. Uning qayd etishicha, KXDR ballistik raketa uchirilishi to‘g‘risida ogohlantirmaganiga qaramasdan, tashviqot harakatlarini ham e'tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

Top