Fransiyaning «PSJ» va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich parijlik futbolchilarning xavfsizligi uchun uchrashuvlardan biriga kuzatib kelish jarayonida jabrlangan politsiya xodimini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar tarqatdi.
Hujumchi huquq-tartibot idoralari xodimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida unga uning Shvetsiya milliy terma jamoasi safida kiygan libosini sovg‘a qilgan.
Eslatib o‘tamiz, politsiya xodimi Fransiya chempionatining «Sent-Eten»ga qarshi uchrashuvida mehmon jamoa joylashgan avtobusga yo‘lboshchilik qilb kelayotgan chog‘ida yo‘l transport holatiga uchragan va shifoxonaga yotqizilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra uning ahvoli og‘ir holatda.