11:44 / 03.02.2016
2794

Air Astana samolyoti bortida o‘g‘irlik qilgan ikki xitoylik sud qilindi

Qozog‘iston poytaxtida Air Astana kompaniyasining “Pekin – Ostana” reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti bortida yo‘lovchining 3800 dollar pulini o‘g‘irlagan ikki xitoylik sud qilindi. Bu haqda Nur.kz transport prokuraturasi matbuot xizmati xabariga tayanib ma'lum qildi.
2015 yilning oktabrida Ostona aeroporti politsiya bo‘linmasi navbatchilik qismi Xitoy fuqarosi Xu Daolindan pul mablag‘lari o‘g‘irlangani to‘g‘risidagi shikoyat kelib tushgan edi.

Transport politsiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni amalga oshirganlik gumon qilinib ikki nafar XXR fuqarosi Li Bin va Li Inksing qo‘lga olingan.  25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayonida ular aybdor deb topilib, 3 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularga tegishli buyumlar musodara qilindi.

Top