14:07 / 03.02.2016
4166

Andijon shahridagi hovlilardan birida chiqqan yong‘in oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 176ta yong‘in qayd etilgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd. 262 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 233 mln so‘mga yaqin miqdordagi moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining 8 yoshli o‘g‘lini kuygan holdagi jasadi topilgan.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida ushbu xonadonda yashovchi fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Top