18:54 / 03.02.2016
4835

Bild nashri Poroshenkoning fotosurati ostiga Pedro deb yozib qo‘ydi

Germaniyaning mashhur Bild nashri Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning surati ostiga yozgan izohida xatoga yo‘l qo‘yib, uning ismi-sharifini Pedro Poroshenko deb ko‘rsatdi. Ushbu surat illyustratsiya qilingan intervyu nashrning saytida chop etildi.
Ilgariroq Poroshenko Twitter’dagi sahifasida Putinning The Economist nashrida chop etilgan suratini chop etdi, faqat u yerda Putinning boshi Poroshenkoning boshi bilan almashtirilgan edi. Poroshenko ma'muriyati vakillarining tushuntirishicha, bu matbuot xizmatining hazil sovg‘asi bo‘lgan.
Poroshenkoning ismi ukrainchada “Petro” tarzida yoziladi.

Top