18:43 / 03.02.2016
2743

"Buxoro" Maksimilian Fomin bilan shartnomani uzaytirdi

“Buxoro” jamoasi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Maksimillian Fomin bilan o‘zaro shartnomani uzaytirdi.

"Hozir qisqa tanafusda bo‘lishiga qaramasdan rahbariyat va murabbiylar shtabi jamoaning yangi mavsumda muvoffaqiyatli ishtirok etishi uchun ishlashdan to‘xtashganlari yo‘q. Seleksiya ishlarini davom ettirish bilan birga, jamoa yetakchilari bilan yangi kelishuvga erishilmoqda.

Bugun “Buxoro”ning himoya chizig‘idagi yetakchi futbolchisi Maksimilian Fomin bilan yangi shartnoma imzolandi", deyiladi jamoa saytida.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida buxoroliklar jamoasi safiga kelib qo‘shilgan himoyachi jami 13ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Top