15:26 / 03.02.2016
5903

Tsukerberg dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg Bloomberg agentligining milliarderlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U Amazon va Movix SAB rahbarlari Jyeff Bezos va Karlos Slimdan o‘zib keta oldi.

Kecha Nyu-York birjasidagi sotuvlar sessiyasi yakunlanganidan so‘ng Tsukerbergning boyligi 50 mlrd dollarga yetdi.  Jyeff Bezosning boyligi 49.1 mlrd dollarga, Karlos Slimning boyligi esa 49 mlrd dollarga teng. Ular Tsukerbergdan keyingi o‘rinlarni egallashdi.

Top