17:11 / 03.02.2016
68897

Dilnoza Kubayeva o‘zi va Ozodbek Nazarbekov haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Darakchi.uz” muxbiri bilan suhbatda o‘zi va O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov haqida tarqalgan mish-mishlarni izohladi.

Muxbir aktrisaga "uning Ozodbek Nazarbekovga tumushga chiqqani tillarda dostonligi va barchaning tilida shu gap ekani" haqidagi savol bilan yuzlangan.

"Voy, men shu haqida gapirmasam maylimi?! To‘g‘risi odamlarning bo‘lmag‘ur mish-mishlari jonga tegdi. Kimni kimga turmushga bervorishadi, kimnidir kimgadir uylantirvorishadi. Kimdir mish-mishlarda o‘lib ketadi. Shunaqangi g‘alati mish-mish ham bo‘ladimi?! Bu haqida o‘zimga ham telefon qilib aytganlar bo‘ldi. Hayron bo‘ldim. San'atkorni bu kabi mish-mishlarga ko‘mish yaxshimas! Zerikdim shu gaplardan!", deya javob qaytargan u.

Top