16:18 / 03.02.2016
3121

Domodedovo aeroportidagi samolyot motori yonib ketdi

Moskva shahridagi Domodedovo aeroportida turgan samolyotlardan birida yong‘in chiqdi. TASS agentligi xabariga ko‘ra, Moskvadan Tbilisiga uchishga chog‘langan samolyotning motori yona boshlagan.

"Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lakchasida harakatlana boshlaganida samolyotning chap yon qismidagi dvigatelning yonayotgani ko‘rinib turardi. Samolyot shu zahoti to‘xtab, ortga qaytdi", deydi guvohlardan biri.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu samolyot S7 aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi tashuvchi samolyot edi.

Top