16:13 / 03.02.2016
6856

Google muhandisi o‘z vannasi uchun “aqlli” ko‘zgu yaratdi

Google muhandisi Maks Braun yuvinish xonasidagi oddiy ko‘zguni ob-havo ma'lumotlari, vaqt va yangiliklarni ko‘rsatib turadigan “aqlli” oynaga aylantirdi. Uning yaratilish jarayoni va tadqiqot natijasini o‘z blogida yoritdi.

“Aqlli” oynani yasash g‘oyasi Braunning xayoliga 2015 yil oxirida kelgan edi. Buning uchun ikki tomonlama oyna, kontroller platasi va displey paneli kerak bo‘ldi. Oyna interfeysi esa Android bazasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lsa, asosiy tizim sifatida Fire TV Stick tanlandi.

“Aqlli” ko‘zguda vaqt va sana, ob-havo ma'lumotlari tepa qismdan joy olgan bo‘lsa, pastki tomonda Associated Press agentligi saytining eng muhim yangiliklari chiqib turadi. Undagi barcha ma'lumotlar avtomat ravishda yangilanib turadi.  Oynaga ovozli buyruq berib, internetdagi ma'lumotlarni qidirish ham mumkin.  Braunning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zgu ustidagi ishlar hali yakuniga yetgani yo‘q. U o‘z ixtirosini yana bir qator g‘oyalar bilan boyitmoqchi.

Top