16:49 / 03.02.2016
5755

"Istiqlol” san'at saroyida "Nazm va navo kechasi” deb nomlangan konsert o‘tkaziladi

2016 yil 18 fevral kuni soat 19-00 da "Istiqlol” san'at saroyida Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Yoshlar madaniyat va san'at markazi tomonidan "Nazm va navo kechasi” deb nomlangan konserti o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligi Axborot xizmati Kun.uz`ga ma'lum qildi.

Mazkur konsert milliy estrada va maqom san'ati an'analarini yanada rivojlantirish, asrab-avaylash va yosh avlodga yyetkazish, san'at ixlosmandlari orasida targ‘ib etish va ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Kontsert dasturida maqom san'atining yurtimizdagi eng sara ijrochilari hamda elimiz ardog‘idagi ustoz san'atkorlar ishtirok etadilar. Shulardan, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov rahbarligidagi "Maqom” ansambli, O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Zamira Suyunova, Zulayxo Boyxonova, Ozodbek Nazarbekov, Matluba Dadaboyeva, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ahmadjon Dadayev, Sharofat Tojiboyeva, To‘lqin Jabborov, Elmurod Ahmedov, Furqat Ashuraliyev, G‘afur va G‘ulom Eshjonovlar, shuningdek, Otabek Mamazoitov, Botir Qodirov, Malika Egamberdiyeva kabi taniqli va yosh san'atkorlar hamda O‘zbekiston badiiy jamoalari birlashmasining "Navro‘z”, "Navbahor”, "Lazgi” nomli raqs ansambllari raqqosalari ishtirok etadilar.

Dasturdan xalqimiz sevgan "Munojot”, "Ey sabo”, "Mubtalo bo‘ldim senga”, "Junun vodiysi”, "Ey sanam”, "Tanovar”, "Mustahzod”, "Gulzorim”, "Nazzora qil”, "Qoshiyosinmu deyin... ”, "Ey umri aziz”, "Ufori feruz” kabi bebaho asarlar o‘rin olgan.

Shuningdek, dastur davomida tomoshabinlar O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzo va boshqa mehmon san'atkorlarimizning badiiy chiqishlaridan bahramand bo‘ladi.

Top