17:54 / 03.02.2016
3230

Kattaqo‘rg‘on tumanida kollej o‘quvchilari uchun yo‘l haqi imtiyozli bo‘lgan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12ta kollejga uzoq masofadan kelib o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlar uchun 7 yo‘nalish bo‘ylab 18ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

"Ushbu tashabbus Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya hamda tuman prokuraturasi hamkorligida amalga oshirildi", deb yozadi "Xalq so‘zi" gazetasi.

Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Kattaqo‘rg‘on Miyonqol”, “Jahongir — Shohjahon trans” avtokorxonalari hamda ta'lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, transport vositalari yo‘l haqi o‘quvchilar uchun imtiyozli, ya'ni 50 foiz miqdorida belgilangan. Shuningdek, o‘quvchilar mazkur avtobuslar xizmatidan maxsus joriy etilgan oylik chiptalari orqali ham foydalanishi mumkin.

Top