00:52 / 03.02.2016
3503

Latviya prezidentining yuragidagi nuqson bartaraf etildi

Latviya prezidenti Raymond Veyonisning yuragida aniqlangan nuqson operatsiya yo‘li bilan bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Prezident operatsiya o‘tkazgan shifoxonaning reanimatolog-anesteziologining aytishicha, Veyonisda infeksiya o‘chog‘i bartaraf etilgan. Shifokorning aytishicha, prezidentning ahvoli barqaror, biroq infeksiya tarqalishining oldini olish uchun kamida uch oylik antibakterial kurs talab etiladi.

Prezident devonxonasi boshlig‘i Guntis Pukitisning aytishicha, nuqson infeksiya paydo bo‘lmaguncha prezidentning ishiga ham, uning boshqa faoliyatiga ham xalaqit bermagan.

Top