17:20 / 03.02.2016
2160

O‘zbekiston TIVda Gruziya elchisi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

2016 yilning 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziyaning favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati, hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, turli darajalardagi O‘zbekiston-Gruziya uchrashuvlarini faollashtirish orqali aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ikki tomon takliflari muhokama qilindi.

Top