10:58 / 03.02.2016
3756

O‘zbekistonda alkogolli va tamaki mahsulotlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilishga barham beriladi

O‘zbekiston respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi alkogolli va tamaki mahsulotlarining ijtimoiy tarmoqlar hamda jamoat joylarida targ‘ib qilinishiga qarshi zarur choralarni qo‘llaydi. Bu haqda "Pravda Vostoka" nashri xabar qilgan.

Qo‘mita mutaxassilari bu borada bir qator misollarni keltirib o‘tmoqda. Bir shisha spirtli ichimlikni xarid qilgan xaridorga ikkinchisi sovg‘a sifatida berilishi, shuningdek, alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari(kalyan)ni iste'mol qilishga chaqiriqlar shular jumlasidandir.

"Bir qator umumiy ovqatlanish korxonalari, spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar nomiga Qo‘mita tomonidan bu turdagi reklama va targ‘ibotlar to‘xtatilgani haqida ogohlantiruvchi maktublar yo‘llandi", deyilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, bu boradagi ogohlantirishlarga rioya qilmaganlarga nisbatan jinoiy ish ochilishi va mas'ul shaxslarga nisbatan ma'muriy choralar ko‘riladi.

Top