16:27 / 03.02.2016
5024

Rossiyalik aktyor Andrey Gaydulyan saraton xastaligini yengib chiqdi

“Univer” va “Sashatanya” seriallari orqali mashhur bo‘lgan rossiyalik aktyor Andrey Gaydulyan saratondan davolanish kursini yakunladi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

“Xudoga shukur, sizlarning, duolaringiz va yaxshi tilaklaringiz sharofati bilan, shifokorlar, yaxshi va juda yaxshi insonlar tufayli biz davolanishni tugadik va Moskvaga qaytdik”, - deyiladi xabarnomada.

Bir muddat ilgari uning saratonga chalingani ma'lum bo‘lgandi. Ammo u hali yosh bo‘lgani bois butunlay sog‘ayib ketish imkoniyati mavjud edi.  “Bu hayotimning hayratlanarli yarim yili bo‘ldi”, - qo‘shimcha qildi aktyor.

Top