09:57 / 03.02.2016
12715

Yo‘lovchilardan biri Somalidagi samolyotda yuz bergan portlashdan keyingi holatni videoga oldi

2 fevral kuni bortda yuz bergan portlash tufayli Somalida shoshilinch tarzda qo‘ngan Daallo Airlines avikompaniyasining A321 yo‘lovchi samolyoti yo‘lovchilaridan biri portlashdan keyin uchishda davom etgan samolyot bortidagi holatni tasvirga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Jibutiga yo‘l olgan samolyot havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, bortda yuz bergan portlash tufayli ortga qaytgan. Samolyot bortida 60 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lishgan. Ulardan 2 nafari kichik jarohatlar olishgan. Samolyotdagilarning barchasi evakuatsiya qilingan.

Top