11:17 / 04.02.2016
2217

AQSh va BAA terrorizmga qarshi kurashda razvedka ma'lumotlari almashinuvini kengaytirishga kelishib oldi

Abu-Dabidagi AQSh va BAA mutasaddi rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda IShID terroristik tashkilotining Iroq va Suriya chegaralaridan tashqariga tarqalishini to‘xtatish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda AQSh tomonidan prezident Barak Obamaning terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha yordamchisi Liza Monako, ikkinchi tarafdan esa BAA xavfsizlik organlari rahbari, Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaid al-Naxayyan ishtirok etdi.

Oq uy ma'lumotiga ko‘ra, muzokaralar jarayonida Saudiya Arabistoni yarimorolida IShID va “al-Qoida”ni kuchsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha e'tiborni kuchaytirish va mintaqada xavfsizlikka oid boshqa masalalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhokama qilindi.

Bunda tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash shartlari va terrorizmga qarshi kurashish, razvedka ma'lumotlarini almashish miqyosini kengaytirishga kelishib olishdi.

 

Top