11:47 / 04.02.2016
5642

Assanj qanday shart evaziga o‘zini ingliz politsiyachilariga topshirishga rozi bo‘lishini aytdi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Buyuk Britaniya politsiyasiga taslim bo‘lishga tayyorligini, buning uchun BMTning ishchi guruhi o‘zining shikoyati ijobiy qondirilmagani haqida ma'lum qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u o‘z tvitterida yozgan.

"Agar BMT mening Buyuk Britaniya va Shvetsiyaga qarshi ishlarni yutqazganimni ma'lum qilsa, men ertaga (5 fevral kuni) o‘zimni ingliz politsiyachilariga topshiraman va kelgusida hech qanday shikoyat qilmayman", deya yozgan u.

Agar BMT ishchi guruhi Assanjni haq deb tan olsa, unga o‘z pasporti qaytariladi va uning hibsga olinishi bo‘yicha barcha harakatlarga chek qo‘yiladi.

Bundan oldinroq, BMT uning ozod etilishi masalasini 5 fevral kuni ko‘rib chiqishi aytilgandi.

Avstraliya fuqarosi hisoblangan Julian Assanj Shvetsiya tomonidan jinsiy tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda ayblangan. Sud Assanjni 2011 yil dekabrida sirtdan hibsga olgan. WikiLeaks asoschisi 2012 yil iyunidan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasi hududida yashirinib turibdi.

Assanjning o‘zi unga nisbatan ilgari surilgan ayblovni tan olmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Shvetsiya uni hibsga olsa, darhol AQShga topshiradi, AQSh esa Assanjni turli hukumat idoralari va xizmatlarining maxfiy hujjatlarini omma e'tiboriga havola qilib yuborgani uchun ta'qib qilmoqda.

Assanj: “shaxsiy hayot” tushunchasi boshqa mavjud emas

Top