17:12 / 04.02.2016
2651

Manba: "Chelsi" Allegriga 4 yillik shartnoma taklif qildi

"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yangi mavsumda "Chelsi"ni boshqarish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, londonliklar jamoasi rahbariyati bir qancha nomzodlarni o‘rganishganidan keyin italiyalik ushbu mutaxassis nomzodida to‘xtalishgan.

Manbada aytilishicha, ushbu murabbiyga 4 yillik shartnoma va yiliga 7,5 mln yevrodan maosh taklif qilingan.

"Chelsi"ni keyingi mavsumdan boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida Diyego Simeone va Xorxe Sampaoli nomlari ham bor.

Top