18:57 / 04.02.2016
2500

Credit Suisse 8 yil ichida birinchi marta yillik zarar ko‘rdi

Shveytsariyaning ikkinchi eng yirik banki bo‘lmish Credit Suisse Group AG 2008 yildan buyon ko‘rilgan eng jiddiy yillik zarar haqida hisobot berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bank 2015 yilning to‘rtinchi choragida muqaddam e'lon qilingan qayta tashkil etish doirasidagi keng miqyosli hisobdan chiqarishlar tufayli katta zarar ko‘rdi.

“Oktyabr-dekabrdagi sof buromad – 5.82 mlrd Shveytsariya franki (5.8 mlrd dollar), bir yil muqaddam shu davrda sof foyda 691 mln frank bo‘lgan edi”, - deyiladi bankning matbuot xabarnomasida.

Top