12:41 / 04.02.2016
3709

Denisov: «Latsio»dan taklif bo‘lmagan, «Arsenal» yoki boshqa ingliz jamoalaridan taklif tushsa bajonidil rozilik berardim

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi a'zosi, O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi futbolchisi bo‘lgan Vitaliy Denisov o‘zining joriy qishki transferlar oyi vaqtida Italiyaning «Latsio» jamoasi safiga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

U «Sovetskiy sport» gashri muxbiri savollariga javob berish asnosida o‘ziga Angliya va Germaniya chempionatlari yoqishini, Italiya chempionatidan keyingi vaqtlarda ko‘ngli qolgani haqida aytib o‘tgan.

Denisov o‘zining Italiya A seriyasi ishtirokchisi «Latsio» safiga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlar esa qayerdan paydo bo‘lganini bila olmay qolganini, aslida bunday ehtimol bo‘lmaganini bildirgan.

«Yangi yil arafasida Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasidan taklif bo‘lgani haqida ham shunday asossiz xabar tarqalgandi. «Latsio»dan taklif bo‘lishi yomon emas, bunday holatda albatta muzokaralar stoliga o‘tirishdan qochmasdim.

Lekin menga qolsa, Angliyada o‘ynashni tanlardim. Masalan, «Arsenal» yoki «Everton»da. Yoki Manchester klublaridan birida», degan u.

Vitaliy Denisov Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Vitaliy Denisov "Latsio" safiga o‘tishi mumkin

Top